Menopauza davri: asosiy simptomlar va ularni yengillashtirish

Период менопаузы: основные симптомы и их облегчение

Klimakterik davr — bu hayotning tabiiy bosqichi bo‘lib, ayol hayotidagi o‘ziga xos pog‘onadir. Bu davrda gormonal funksiyaning to‘xtashi natijasida tug‘ruq davri yakunlanadi, organizm boshqa hayot rejimiga o‘ta boshlaydi va jinsiy gormonlar darajasining asta-sekin pasayishiga moslashadi.

Ayollarda menopauza birdaniga sodir bo‘lmaydi. Klimakterik davr uchta asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi:

Dastlabki bosqich yoki premenopauza. Hayz ko‘rish to‘xtamaydi, ammo tuxumdonlar funksiyasi pasayadi. Bu bosqich 5 yilgacha davom etadi;

Menopauza. Premenopauzadan farqli o‘laroq, bu davr hayz ko‘rishning to‘liq to‘xtashi bilan tavsiflanadi. 12 oy davomida hayz ko‘rmaslik davrning boshlanishi hisoblanadi. Odatda menopauza 50-52 yoshda sodir bo‘ladi;

Postmenopauza. Bu bosqich tuxumdonlar faoliyati to‘liq to‘xtaguncha ayol jinsiy gormonlari darajasining yanada pasayishi bilan xarakterlanadi.

Menopauza simptomlari:
Menopauza boshlanganda ayollardagi birinchi simptom hayz ko‘rishning to‘xtashidir. Boshqa belgilarga quyidagilar kiradi:

Prilivlar (issiqlik quyulishi) — klimaksning eng keng tarqalgan belgisi bo‘lib, yuz "yonishi", bo‘yin va dekolte sohasida qizil dog‘lar paydo bo‘lishi, et junjikishi bilan kechadi. Bu holat ko‘ngil aynishi, bo‘g‘ilish hissi va yuqori terlash bilan kuzatilishi mumkin;

Terlash; odatda bu belgi mustaqil emas va prilivlar bilan birga kechadi;

Yurak urishining tezlashishi, arterial bosimning o‘ynashi;

Bosh og‘riqlari;

Kayfiyatning keskin o‘zgarishi, xotira yomonlashishi, uyqu bilan bog‘liq muammolar;

Jinsiy xohishning pasayishi (og‘riqli hislar bo‘lishi mumkin);

Tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarishlar:

Jinsiy gormonlar darajasi pasayishi tufayli teri ostidagi yog‘ qatlami qalinligi qisqaradi, kollagen sintezi kamayadi, teri yupqalashadi, ajinlar paydo bo‘ladi;

Moddalar almashinuvi sekinlashgani sababli ortiqcha vazn yig‘ish, ko‘krak hajmining kichrayishi va osilib qolishi, qorin mushaklarining bo‘shashishi mumkin;

Sochlar quruq, yupqa va sinuvchan bo‘lib qoladi;

Jinsiy va siydik yo‘llari shilliq qavatlarining qurishi;

Tez-tez siyish / peshob tuta olmaslik;

Mushak va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar.

Klimakterik sindrom simptomlarini yengillashtirish
Klimakterik sindrom — bu klimakterik davr kechishini qiyinlashtiradigan o‘ziga xos simptomlar majmuasi bo‘lib, u yoshga doir o‘zgarishlar fonida yuzaga keladigan neyropsixik, vazomotor va almashinuv-endokrin buzilishlar bilan tavsiflanadi.

Me’yorida kechayotgan menopauza simptomlarini yengillashtirish talab etilmaydi, chunki menopauza har bir ayolda yosh o‘tishi bilan sodir bo‘ladigan fiziologik jarayondir. Terapevtik yordam, odatda, klimakterik sindromning salbiy belgilarini minimallashtirishga qaratilgan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Menopauzal gormonoterapiya (MGT) — estrogen, progesteron yoki ularning kombinatsiyasiga asoslangan preparatlar. MGT tungi prilivlar va uyqusizlikni bartaraf etishda samarali, xavotirni kamaytiradi, kayfiyatni yaxshilaydi. MGT osteoporoz va suyak sinishlari ehtimolini aniq kamaytiradi, chunki estrogenlar kalsiy almashinuvida faol ishtirok etadi. MGT faqat menopauzaning og‘ir simptomlarini davolash uchun va agar gormonal bo‘lmagan usullar samarasiz bo‘lsa, tayinlanishi kerak.

Vaginal qo‘llash uchun gormon saqlovchi vositalar — shamchalar, xalqalar, kremlar va boshqalar (qin quruqligini bartaraf etish uchun tayinlanadi);

Fitoterapiya. Bu Simisifugaga (Cimicifuga) asoslangan preparatlardir. Bunday preparatlar sirasiga Klimadinon kiradi. Klimadinon preparatining ishlab chiqaruvchisi Germaniyaning «Bionorica SE» kompaniyasidir. Kompaniya dunyoning turli universitetlari, yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari va olimlari bilan hamkorlik qiladi, shuning uchun Klimadinon tavsiya etilgan ayollar preparatning samaradorligi va xavfsizligiga amin bo‘lishlari mumkin. Klimadinon klimakterik sindromning asosiy simptomlarini samarali kamaytiradi.

Antidepressantlar, tinchlantiruvchi va uyqu dorilari. Emotsional holatni normallashtirish uchun ushbu preparatlarni faqat shifokor tanlashi kerak;

Jinsiy aloqa paytida lubrikantlardan foydalanish.

Adabiyotlar:

1. Савельева, Г. М. Гинекология : национальное руководство / под ред. Г. М. Савельевой, Г. Т. Сухих, В. Н. Серова, В. Е. Радзинского, И. Б. Манухина. - 2-е изд. , перераб. и доп. - Москва : ГЭОТАР-Медиа, 2020.

  1. Радзинский, В. Е. Гинекология / под ред. В. Е. Радзинского, А. М. Фукса - Москва : ГЭОТАР-Медиа, 2016.

  2. Белоконь, О. А. Все о женском здоровье, контрацепции, гормонах и многом другом/ О.А. Белоконь изд.: АСТ - 2019.

4. https://medikom.ua/ru/chem-opasna-menopauza/// Менопауза (климакс) у женщин / MD - клиника (электронный портал), 2018.