Klimaks davrida foydali maslahatlar

Modomiki hech birimiz klimaksni chetlab o‘ta olmas ekanmiz, demak, ushbu davrni o‘zimiz uchun minimal oqibatlar bilan qanday o‘tkazish mumkinligini tushunib olishimiz qoldi, xolos. Ayollarda klimaks belgilari yaqqol namoyon bo‘ladi va allaqachon tasniflangan. "Ogohlantirilgan — demak, qurollangan", shunday emasmi?

Avvalo, aynan nima bilan kurashish kerakligini anglab olish lozim. Odatda, asosiy noqulaylikni issiq quyulishi (prilivlar), uyqusizlik, kayfiyatning tez-tez o‘zgarishi, yurak urishi xurujlari, yuqori darajada terlash va jinsiy funksiyaning buzilishi kabi simptomlar keltirib chiqaradi. Ayniqsa yoqimsizlari orasida — vazn ortishi, yuzda ortiqcha tuklar o‘sishi va ajinlar tez paydo bo‘lishi bor.

Bularning barchasi organizm tubdan o‘zgarayotganidan dalolat beradi, demak, hayot tarzingizni ham tubdan o‘zgartirishingiz kerak. Keling, hammasini tartibi bilan ko‘rib chiqamiz:

Kun tartibi

  • Hatto siz ishbilarmon xonim bo‘lsangiz va kuningiz daqiqasigacha rejalashtirilgan bo‘lsa ham, ortiqcha ishlashni unuting. Organizmingiz shundoq ham yetarlicha stress holatida. O‘zingizga dam bering. 8 soatlik sog‘lom uyqu shart! Bu tashqi ko‘rinishingizga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniq.

  • Stressli vaziyatlardan imkon qadar qoching. Klimaks ularni yanada kuchaytiradi. Internetda ayollarning klimaks haqidagi postlarini ko‘p uchratish mumkin, u yerda ular bu davr qanchalik bezovta qilayotgani va hamma narsa asabga tegayotganini aytishadi. Shuning uchun: ishda tabassum qiling, transportda yoqimli musiqalar tinglang, uyda esa yaqinlaringiz bilan nizolarga kirmang.

  • Fitnes, yoga, suzish yoki o‘zingizga mos keladigan har qanday faollikka yozilishga arziydi — ko‘nglingiz nima xohlasa shuni tanlang. Me’yorlashtirilgan jismoniy yuklamalar juda foydali. Shunchaki itingiz bilan parkda yugurishingiz ham mumkin. Lekin haftasiga kamida 3 marta! Xullas, ko‘proq energiya sarflang, shunda ortiqcha vazn sizni bezovta qilmaydi.

  • Klimaks davrida gormonal fon sirkad ritmlarga (kun va tun almashinuvi bilan bog‘liq biologik jarayonlar tebranishi) juda sezuvchan va bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun, kun tartibi — uyqusizlik va yomon kayfiyatga qarshi kurashda ishonchli ittifoqchingizdir. Har kuni qat’iy ravishda bir vaqtda uxlab, bir vaqtda turing. Soat 23:00 dan kechikmay yotish tavsiya etiladi. Tungi soat birga kelib, faol dam olish davri boshlanadi — aynan shu sizga kerak!

  • Uxlashdan bir soat oldin iliq (salqinroq) dush qabul qiling — bu tungi "prilivlar"dan (issiq quyulishi) qutulishning samarali yo‘li.

Uyqu

Prilivlar odatda harakat kam bo‘lgan paytda paydo bo‘ladi, shuning uchun tun — ularning vaqtidir. Lekin nima qilishni bilsangiz, hech qanday klimaks qo‘rqinchli emas! Hattoki prilivlar paytida ham yaxshi uxlash uchun quyidagilarni bajaring:

  • Faqat tabiiy matolardan tikilgan kiyimlarni kiying va shunday matodan tayyorlangan choyshablardan foydalaning.

  • Uxlashdan oldin xonani shamollating yoki ob-havo imkon bersa, derazani ochiq qoldirib uxlang.

  • Yupqa adyolga o‘raning! Parli va qalin ko‘rpalar — buvingizning sandig‘iga!

  • Fizika qonunlarini o‘z manfaatingizga ishlating: masalan, bir oyoqni adyol ostidan chiqarib yoki umuman kiyimsiz uxlang. Bu ortiqcha issiqlikning chiqib ketishiga yordam beradi.

  • Juda og‘ir holatlarda yostiq ostiga muzli xaltacha qo‘yish ham mumkin.

  • Televizor va kompyuterni yotoqxonadan olib tashlang. Bu joy dam olish zonasi, ish yoki ko‘ngilochar joy emas.

  • Derazalarga qalin pardalar tuting. Bu, ayniqsa, quyosh erta chiqadigan yoz oylarida yordam beradi.

Ovqatlanish

  • Fastfudni unuting! Sevimli taomingiz sabzavot va mevalar bo‘lishi kerak. Ularni ko‘p miqdorda iste’mol qiling. Ayniqsa, bug‘doy, suli yoki soyaning unib chiqqan donlari juda foydali.

  • Kofeadan voz keching. Ko‘k choy ham tetiklashtiradi.

  • Muzlatkichda nordon sut mahsulotlari (qatiq, tvorog va h.k.) uchun alohida javon ajrating. Ularda nafaqat foydali bakteriyalar, balki bu davrda organizmingiz uchun juda zarur bo‘lgan kalsiy ham mavjud.

  • Yog‘li go‘sht turlarini (qo‘y, cho‘chqa go‘shti) cheklashga harakat qiling. Ratsioningizga ko‘proq baliq qo‘shing va hayotdan zavqlanishda davom eting!

Gigiyena

  • Endi suv muolajalarini tez-tez bajaring. Ertalab va kechqurun salqin dush oling. Agar imkon bo‘lsa, kunning o‘rtasida ham. Klimaksda gormonlar darajasi keskin o‘zgarib turadi, shuning uchun har qanday kutilmagan holatga tayyor turish kerak.

  • Intim gigiyena uchun faqat maxsus vositalardan (pH darajasi 4-5 bo‘lgan) foydalaning. Bu intim zonadagi quruqlikni yengishga va tez-tez uchrashi mumkin bo‘lgan yallig‘lanishlarning oldini olishga yordam beradi.

  • Sintetik ichki kiyimlardan voz keching. Tabiiy, lekin chiroyli kiyimlarni tanlang! Bu klimaks davridagi eng yaxshi qarordir.

Mashqlar

Klimaks davrida oraliq mushaklarining kuchsizlanishi natijasida bachadon tushishi yoki siydik tuta olmaslik kabi muammolar kelib chiqishi mumkin. Tos a’zolari va intim zona mushaklarini mustahkamlashda Kegel mashqlari yordam beradi. Ular jinsiy salomatlikni saqlashga ham xizmat qiladi. Mashqlar samarali bo‘lishi uchun ularni to‘g‘ri bajaring. Kerakli ma’lumotlarni internetdan yoki vumbilding (ayollar uchun intim gimnastika) kitoblaridan topishingiz mumkin. Mashqlarni muntazam bajarish muammoni nazorat ostida ushlab turadi. Lekin bir qoida bor: mashqlarni boshlashdan oldin ginekolog bilan maslahatlashing. Faqat mutaxassisgina klimaks qanday o‘tayotgani va bu mashqlar sizga mos kelish-kelmasligini aniqlay oladi (ayniqsa, ginekologik kasalliklar yoki operatsiyalar bo‘lgan bo‘lsa).

Jinsiy hayot

Bu soha odatda libido (xohish) pasayishi va jinsiy yaqinlik paytidagi yoqimsiz hislar bilan qiyinlashishi mumkin. Ammo yaqinlikdan voz kechish yaramaydi. Kegel mashqlari kabi, jinsiy aloqa ham jinsiy a’zolar salomatligini tabiiy ravishda saqlaydi. Agar undan bor-yo‘g‘i 2 haftaga voz kechilsa, mushaklar o‘z elastikligini yo‘qota boshlaydi.

Shuning uchun:

  • Tabiiy namlanish yetarli bo‘lmasa, suv asosidagi lubrikantlardan foydalaning.

  • Intim gigiyenaga rioya qiling. pH darajasi 4-5 bo‘lgan maxsus vositalarni unutmang. Klimaksda bunday vositalar juda zarur.

  • Diqqat! Himoyalaning! Oxirgi hayz ko‘rishdan keyin 12 oy davomida homilador bo‘lish ehtimoli saqlanib qolishi isbotlangan. Agar boshqa farzand ko‘rishni istamasangiz, buni yodda tuting!

Zararli odatlar

Mana aynan shulardan albatta voz kechish kerak! Tamaki va alkogol klimaksning bilvosita sabablari hisoblanadi va ular tufayli bu davr tabiat tomonidan belgilanganidan ertaroq boshlanishi mumkin.

Quvvatlovchi terapiya

Qanday bo‘lmasin, klimaksning birinchi belgilari paydo bo‘lishi shifokorga murojaat qilish uchun asosiy sababdir. Kayfiyat, uyqusizlik va prilivlar bilan dori-darmonsiz ham kurashish mumkin bo‘lsa-da, gormonlar yetishmovchiligiga o‘rgangan ichki a’zolarga jiddiyroq yordam kerak bo‘ladi.

Mutaxassis tekshiruvdan o‘tkazib, kerakli terapiya dasturini taklif qiladi. Bu albatta gormonal terapiya bo‘lishi shart emas. Bugungi kunda o‘simlik asosidagi preparatlar ham klimaks belgilarini muvaffaqiyatli bartaraf eta oladi.

  • Butun klimaktirik davr mobaynida shifokor tavsiyalariga, dori dozasi va qabul qilish muddatiga rioya qiling. Klimaks aniqlikni talab qiladi va u yoki bu vositadan voz kechish mumkinligini faqat shifokor hal qiladi.

  • Ehtimol, dori vositalarini butun davr davomida qabul qilish kerak bo‘lar, shuning uchun o‘simlik asosidagi preparatlar (masalan, Klimadinon®) gormonallarga qaraganda ko‘proq ma’qullanadi.