Zamonaviy texnologiyalar — Fitoniring

Bionorica («Bionorika») — fitofarmatsevtika sohasidagi dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri. Kompaniya o'simlik dori vositalarini ishlab chiqarishning "oltin standarti" sifatida fitoniring tamoyiliga amal qiladi.

Fitoniring nima va konsepsiyaning mohiyati nimada

Fitoniring — bu dorivor o'simliklarning ulkan salohiyatini (phyto) zamonaviy farmatsevtik tadqiqotlar bilimi va metodologiyasi (engineering — muhandislik) bilan birlashtirgan texnologiyadir.

Kompaniyaning maqsadi — yuqori sifatli va minimal nojo'ya ta'sirga ega bo'lgan preparatlarni ishlab chiqish uchun yangi ta'sir etuvchi moddalarni kashf qilishdir. «Bionorika» 2021-yil holatiga ko'ra butun dunyo bo'ylab 490 dan ortiq universitetlar, ilmiy muassasalar va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan olimlarning hayratlanarli hamjamiyatini yaratdi.

Kompaniya laboratoriyalarida innovatsion ishlanmalar olib boriladi, tadqiqotlar o'tkaziladi, shuningdek, o'z kuchi bilan yetishtirilgan o'simliklar seleksiyasi amalga oshiriladi. Fitoniringning patentlangan texnologiyasi o'n yilliklar davomida ishlab chiqilgan va bugungi kunda dorivor o'simliklarni yetishtirish, yig'ish va qayta ishlash standarti hisoblanadi.

Fitoniringning o'ziga xosliklari nimada

Sintetik dorilardan farqli o'laroq, fitoterapevtik preparatlar faqat bitta izolyatsiya qilingan komponentdan iborat emas, bu samarali davolash uchun juda muhimdir. Ular faol moddalarning ancha murakkab aralashmalaridir. Bionorica o'simlik xomashyosiga juda yuqori talablar qo'yadi, chunki o'simlik preparatining sifati va samaradorligi ko'p jihatdan uning tarkibiy qismlariga bog'liq.

Kompaniya egasi, professor Mixael Popp ta'kidlaganidek, dorivor o'simlik preparatlarini ishlab chiqarishda barqaror sifatni saqlab qolish uchun, birinchi navbatda, yetishtirish jarayoni ustidan nazorat muhimdir. Bu borada nafaqat ekologik barqaror yetishtirish va biologik moddalarning yuqori ulushi, balki qisqa transport yo'llari ham muhim elementlar hisoblanadi.

Mahsulotlar sotuvga chiqishidan oldin ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida tekshiriladi. Bu murakkab tizim brend dori vositalarini o'ziga xos qiladi.

Ishlab chiqarish jarayoni dori vositalarining samaradorligida muhim rol o'ynaydi. Bionorica o'z urug'larini yetishtirishda ko'rsatadigan g'amxo'rlik, o'simliklarni yig'ish va qayta ishlash jarayonida ham birinchi o'ringa chiqadi.

Bundan tashqari, kompaniya quritishning eng zamonaviy usullaridan, masalan, vakuumli quritishdan foydalanadi. Bu preparatlar asosi bo'lgan ekstrakt tarkibidagi efir moylari va flavonoidlarning yuqori darajasini saqlab qolish imkonini beradi.

Shunday qilib, o'simliklarning ko'p komponentli tabiiy moddalari ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida saqlanib qoladi va dori vositasida o'z samaradorligini to'liq namoyon eta oladi. Kompaniya texnologiyalari patentlangan.