TASDIQLANGA
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK
“02” 05 2019 y. №8
TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA
KLIMADINON®
Preparatning savdo nomi: Klimadinon®
Dori shakli: ichish uchun eritma
Tarkibi:
100 g Klimadinon® eritmasi quyidagilarni saqlaydi:
50% li (hajm bo‘yicha) etil spirtida tayyorlangan 12 g simisifuga ildizpoyasining suyuq ekstrakti (Cimicifuga rhizome 1:5).
Etanol miqdori: 35,0 - 40,0% (hajm nisbatida).
yordamchi moddalar: Saxarin natriy digidrat, murch yalpiz moyi, tozalangan suv.
Tavsifi: Shirin ta’mli va yog‘och hidini eslatuvchi hidli, och jigarrang rangli, tiniq yoki biroz xiradir suyuqlik. Saqlash jarayonida biroz cho‘kma tushishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi: Ginekologik kasalliklarni davolash uchun boshqa preparatlar. O‘simlikdan olingan klimaksga qarshi dori vositasi.
ATX kodi: G02CX04
Farmakologik xususiyatlari
Ushbu o‘simlik dori preparatini qo‘llash klimaks davridagi noxush simptomlarni yengillashtirishga yordam beradi. Ta’sir mexanizmi va klimakterik simptomlarning yaxshilanishiga yordam beruvchi komponentlar noma’lum.
Farmakokinetikasi
Taqdim etilmagan.
Qo‘llanilishi
Menopauza simptomlarini (masalan, qizib ketish (prilivlar) va yuqori terlash kabi) yengillashtirish uchun o‘simlik dori vositasi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash
Bemorlar
bir martalik doza
kunlik doza
Menopauza davridagi ayollar
30 tomchi
60 tomchi
Qo‘llash usuli
Ichish uchun. Suyuqlikni suyultirilmagan holda yoki ozroq shakar bilan (ertalab va kechqurun) iste’mol qilish kerak.
Davolash davomiyligi:
Agar davolanish davomida simptomlar saqlanib qolsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Klimadinon® eritmasini shifokor maslahatisiz 6 oydan ortiq qabul qilmaslik kerak.
Nojo‘ya ta’sirlari
Teri reaksiyalari (masalan, toshma, qichishish), yuz shishishi, periferik shishlar va me’da-ichak buzilishlari (masalan, dispepsiya, diareya) yuzaga kelishi mumkin. Simisifuga saqlovchi preparatlarni qabul qilish bilan bog‘liq jigar shikastlanishi (jumladan, gepatit, sarg‘ayish, jigar tahlillari ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi) haqida xabarlar mavjud. Iltimos, “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga ham qarang.
Nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelganda dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Klimadinon® eritmasini alkogolizm bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llash mumkin emas (tarkibida etil spirti mavjud).
Dorilarning o‘zaro ta’siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlar Klimadinon® preparatini shifokor maslahatisiz qabul qilmasliklari kerak.
Jigar shikastlanishidan dalolat beruvchi simptomlar (charchoq, ishtaha yo‘qolishi, teri va ko‘zlarning sarg‘ayishi, qorinning yuqori qismida ko‘ngil aynishi va qusish bilan kuzatiladigan kuchli og‘riqlar yoki peshobning to‘q rangga kirishi) paydo bo‘lganda, preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.
Vaginal qon ketish yuzaga kelsa yoki boshqa simptomlar paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashing.
Ayollar jinsiy gormonlarini (estrogenlarni) qabul qilayotgan bemorlar, shuningdek, sut bezi saratoni yoki boshqa gormonga bog‘liq o‘smalar bo‘yicha davolangan yoki davolanayotgan bemorlar preparatni shifokor maslahatisiz qabul qilmasliklari kerak.
Ushbu medikament 38% alkogol saqlaydi (hajm nisbatida).
Jigar kasalliklari, epilepsiyasi bor bemorlar preparatni faqat shifokor bilan maslahatlashganidan keyin qabul qilishlari kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Yetarli ma’lumotlar mavjud emasligi sababli, homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Tug‘ish yoshidagi ayollar davolanish vaqtida samarali kontratseptsiyadan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqishlari kerak.
Preparat tavsiya etilgan dozalarda avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Foydalanish vaqtida flakonni tik holatda ushlang.
Eritmani saqlash jarayonida xiralashish yoki biroz cho‘kma tushishi mumkin. Bu preparatning samaradorligiga ta’sir qilmaydi.
Ishlatishdan oldin silkitilsin!
Dozani oshirib yuborish
Dozani oshirib yuborish holatlari haqida ma’lumotlar yo‘q. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Ichish uchun eritma, 50 va 100 ml.
50 yoki 100 ml dan preparat buraladigan qopqoqli, tik dozirovka qiluvchi qurilma bilan jihozlangan to‘q rangli shisha flakonda, yo‘riqnoma bilan birga buklanadigan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Ochilgan flakonlarni 6 oy davomida ishlatish mumkin.
Yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
BIONORICA SE
Kershenshtaynershtrasse 11-15,
92318 Noymarkt
Germaniya
O‘zbekiston Respublikasi hududida mahsulot (tovar) sifati bo‘yicha iste’molchilardan e’tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot manzili
«Bionorica SE /Bionorika SE/» vakolatxonasi
Toshkent sh., Bosh pochtamt, a/q 95
