** Klimakterik davr: nima u, bosqichlari va umumiy simptomlari**

Klimakterik davr (yoki klimaks) — bu ayol hayotidagi tuxumdonlar faoliyati pasayadigan (tuxumdonlarda tuxum hujayralari zaxirasi tugaydi va u qayta tiklanmaydi) va ular tomonidan ishlab chiqariladigan gormonlar miqdori kamayadigan davrdir.
Ushbu bosqichni ertami-kechmi har bir ayol boshidan o‘tkazadi.
Klimakterik davr — bu qo‘rqinchli kasallik, oxirat yoki go‘zallik va yoshlikning so‘nishi emas. Bu tabiiy holat, u hammada sodir bo‘ladi va siz ham bundan mustasno emassiz. Siz shunchaki hayotingizning navbatdagi bosqichini boshidan kechirayotgan ayolsiz. Qachondir tug‘ilish va voyaga yetish, keyin hayz siklining shakllanishi, tug‘ruq (hamma ayollarda ham emas) davrlarini o‘tkazganingiz kabi, endi klimaks vaqti keldi.
Ushbu fiziologik jarayonlarning asosiy natijasi ayollik reproduktiv funksiyasining to‘xtashidir.
Klimaks qachon boshlanadi va u qancha davom etadi?
Aksariyat ayollarda klimaks simptomlari oxirgi hayz ko‘rishdan taxminan to‘rt yil oldin rivojlana boshlaydi va u to‘xtaganidan keyin ham, ya’ni klimaks boshlanganidan so‘ng ham davom etishi mumkin.
Ayollarning oz qismi menopauza simptomlarini hayz to‘xtashidan o‘n yil oldin, 10 tadan 1 nafar ayol esa oxirgi hayz ko‘rishdan keyin 12 yil davomida his qiladi.
Menopauza boshlanishining o‘rtacha yoshi — 45-55 yosh. Taxminan 5% ayollar menopauzani 40 yoshdan 45 yoshgacha boshidan kechiradilar — bu erta menopauza deyiladi. 40 yoshgacha paydo bo‘ladigan menopauza esa muddatidan oldingi menopauza deb ataladi va u tuxumdonlarning birlamchi yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lib, atigi 1% ayollarda uchraydi.
Klimakterik davrning hayotiy sikldagi o‘rni
Tabiiy klimakterik davr hech qanday tibbiy yoki jarrohlik aralashuvi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Bu jarayon bosqichma-bosqich kechadi va uchta bosqichga ega:
Premenopauza — ayolning hayz funksiyasi to‘xtashiga tayyorgarlik davri bo‘lib, klimakteriyning ilk simptomlari namoyon bo‘lishidan boshlanadi va oxirgi hayz ko‘rish bilan yakunlanadi. Premenopauza taxminan 45-47 yoshdan boshlanib, 4-5 yil davom etadi.
— bu hayz to‘xtashi bilan belgilanadigan davr. Har qanday yoshga doir fiziologik (homiladorlik, laktatsiya) yoki patologik sabablarsiz 12 oy davomida hayz ko‘rmaslik ushbu davrning boshlanishi hisoblanadi. Bu bosqichda tuxumdonlar tuxum hujayra va estrogen ishlab chiqarishni to‘xtatadi.
3.\ — oxirgi mustaqil hayz ko‘rishdan boshlab (tabiiy yoki sun’iy) ayol hayotining oxirigacha bo‘lgan davr.
Perimenopauza — bu menopauzadan oldingi davr va menopauzadan keyingi bir yilni o‘z ichiga oladi. Ushbu davr yuqorida sanab o‘tilgan uchala bosqichni ham qamrab oladi.

Umumiy simptomlar
Premenopauza, menopauza va postmenopauza davrlari har bir ayol uchun o‘ziga xosdir. Menopauza to‘satdan yoki qisqa vaqt ichida sodir bo‘lganda, simptomlar odatda kuchliroq namoyon bo‘ladi.
Tuxumdonlar holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan omillar (masalan, saraton, bachadonning olib tashlanishi) yoki hayot tarzining ba’zi variantlari (chekish, alkogol) klimaks simptomlarining og‘irligi va davomiyligini kuchaytirish xususiyatiga ega.
Hayz siklidagi o‘zgarishlarni hisobga olmaganda, premenopauza, menopauza va postmenopauza simptomlari deyarli bir xil, bular:
hayz siklining buzilishi: sikllarning qisqarishi yoki aksincha, uzayishi, menopauza va postmenopauzada esa ularning butunlay to‘xtashi;
hayzning haddan tashqari ko‘p yoki juda kam kelishi;
qizishlar (prilivlar), tungi terlash, uyqu buzilishi kabi simptomlarning paydo bo‘lishi.
Ayollarning taxminan 75 foizi perimenopauza yoki menopauzada, ba’zan esa postmenopauzada turli darajadagi qizishlarni his qiladi.
Qizishlar — bu yuz va tananing yuqori qismida to‘satdan paydo bo‘ladigan, butun tana bo‘ylab tarqaladigan issiq ketishi hissi bo‘lib, o‘rtacha ikki daqiqadan to‘rt daqiqagacha davom etadi. Qizishlar kuchli terlash, yurak urishi, xavotir hissi bilan kechishi mumkin. Ular kuniga bir-ikki marta yoki har soatda paydo bo‘lib, ayolni holdan toydirishi mumkin.
Tungi terlash — bu deyarli o‘sha qizishlardir. Siz tunda issiq ketishi yoki sovqotishdan, tom ma’noda terga botib, bir necha bor uyg‘onib ketasiz.
Boshqa bo‘lishi mumkin bo‘lgan simptomlar:
uyqusizlik;
charchoq;
depressiya va xavotir;
kayfiyatning o‘zgaruvchanligi va asabiylik;
diqqatni jamlashga qiynalish va xotira bilan bog‘liq muammolar;
libidoning (jinsiy maylning) pasayishi;
qin quruqligi;
sut bezlarining og‘rig‘i va sezuvchanligi;
teri va shilliq qavatlarning quruqligi;
tez-tez siyish;
bosh og‘rig‘i va yurak urishining tezlashishi;
siydik yo‘llari infeksiyalariga moyillik;
mushak massasining kamayishi, yog‘ qatlamining ortishi va vazn yig‘ish;
bo‘g‘imlardagi og‘riqlar;
sochlarning siyraklashishi va ba’zan to‘kilishi;
tananing boshqa qismlarida (yuz, bo‘yin, ko‘krak) soch o‘sishining ortishi.
Ushbu barcha simptomlar va organizmdagi o‘zgarishlar gormonal qayta qurilishlar natijasidir: estrogen, progesteron va testosteron kamayadi, FSH va LG gormonlari esa ko‘payadi.

Nima bo‘lganda ham, bu muqarrar jarayon, ammo bugungi kunda aksariyat ayollarda noxush simptomlar muvaffaqiyatli bartaraf etilishi mumkin.
Klimadinon va menopauza
Buning optimal yechimi mavjud — o‘simlik asosidagi gormonal bo‘lmagan dori vositasi Klimadinon. Uning foydasi Yevropa Ittifoqida o‘tkazilgan va dalillarga asoslangan tibbiyot mezonlariga javob beradigan sifatli klinik tadqiqotlar bilan isbotlangan. U deyarli nojo‘ya ta’sirlarga ega emas va eng muhimi — klimaks simptomlarini bartaraf etadi. Klimadinon ishlab chiqaruvchisi — Germaniyaning “Bionorica SE” kompaniyasidir.
Dorixonalarda Klimadinon tarkibida 2,8 mg Simisifuga ildizpoyasining quruq ekstrakti bo‘lgan tabletkalar shaklida taqdim etilgan. Preparatning faqat bitta qarshi ko‘rsatmasi bor — uning asosiy yoki yordamchi komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
Qabul qilish sxemasi: Klimadinon 1 tabletkadan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) ichiladi. Sezilarli natija muntazam qabul qilingandan 2 hafta o‘tgach kuzatiladi. Shifokor maslahatisiz Klimadinonni 6 oydan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Adabiyotlar:
Савельева, Г. М. Гинекология : национальное руководство / под ред. Г. М. Савельевой, Г. Т. Сухих, В. Н. Серова, В. Е. Радзинского, И. Б. Манухина. - 2-е изд. , перераб. и доп. - Москва : ГЭОТАР-Медиа, 2020.
Радзинский, В. Е. Гинекология / под ред. В. Е. Радзинского, А. М. Фукса - Москва : ГЭОТАР-Медиа, 2016.
Traci A Takahashi Menopause / Traci A Takahashi , Kay M Johnson // PubMed.gov (электронная национальная медицинская библиотека) - 2015.
Белоконь, О. А. Все о женском здоровье, контрацепции, гормонах и многом другом/ О.А. Белоконь изд.: АСТ - 2019.
