Klimaks holatini yengillashtirishning top-7 usuli:

Топ 7 способов облегчить состояние при климаксе

Klimaks — bu kasallik emas, balki erta yoki kech har bir ayolni kutadigan fiziologik holatdir. Gormonal qayta qurish ayol organizmida ba'zi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, biroq oddiy usullar yordamida yoshlik va go‘zallikni saqlab qolish mumkin.

1. Kun tartibi
Hatto almashtirib bo‘lmaydigan mutaxassis bo‘lsangiz va kuningiz reja asosida taqsimlangan bo‘lsa ham, ortiqcha ishlashni unuting va stressli vaziyatlardan ehtiyotkorlik bilan qoching. Doim bir vaqtda uyg‘onish va uxlashga odatlaning.

2. Uyqu
Prilivlar (issiqlik quyulishi) eng kam faollik davrida yuzaga keladi, shuning uchun tun — ularning vaqti. Prilivlar paytida ham to‘yib uxlash uchun quyidagilarni bajaring: yengil tungi ko‘ylak yoki pijama kiying, faqat tabiiy matolardan tayyorlangan yengil choyshablardan foydalaning; uxlashdan oldin xonani shamollating.

3. Ovqatlanish
Ziravorlar, shirinliklar, kofe va alkogol iste’molini kamaytirish orqali holatingiz asta-sekin yaxshilanayotganini his qilasiz. Kalsiy va magniyga boy mahsulotlarga — sut, baliq, ismaloqqa e’tibor qarating. Ratsioningizga tarkibida E vitamini bo‘lgan tabiiy va o‘simlik moylarini kiriting. Shuningdek, ko‘proq yangi uzilgan meva va sabzavotlarni qo‘shishni unutmang.

4. Gigiyena
Endi suv muolajalarini tez-tez qabul qilamiz. Ertalab va kechqurun salqin dush qabul qiling.

5. Mashqlar

  • Chanoq mushaklarining zaiflashishi natijasida bachadon tushishi yoki undan ham yomoni — peshob tuta olmaslik holatlari yuzaga kelishi mumkin. Chanoq tubi va intim zona mushaklarini mustahkamlashda Kegel mashqlari majmuasi yordam beradi.

  • Fitnes, yoga yoki o‘zingizga mos keladigan har qanday boshqa faoliyat turiga yoziling — nima sizga yoqsa va jismoniy holatingizga to‘g‘ri kelsa, o‘shani tanlang. Me’yorlashtirilgan jismoniy yuklamalar juda foydalidir.

6. Intim hayot
Intim yaqinlikdan voz kechish yaramaydi, jinsiy aloqa tabiiy ravishda jinsiy a’zolar salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi.

7. Zararli odatlar
Mana nimalardan albatta voz kechish kerak! Chekish va alkogol klimaksning bilvosita sababchilari hisoblanadi.